“Barselona” rahbari rossiyalik futbolchining transferiga rozilik berdi

Eldor Akmurzayev
12 may 2020, 19:10
Don Balon manbasiga ko'ra, kataloniyaliklar yaqin orada “Lokomotiv” yarim himoyachisi Aleksey Miranchukni xarid qiladi.

Manbaga ko'ra, ushbu transferni “Barsa” prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning shaxsan o'zi qo'llab-quvvatlagan.

Endi “ko'kanorranglilar” Miranchuk bilan shartnoma bandlari, shuningdek, “temiryo'lchilar” bilan bitim masalasida kelishib olishlari zarur hisoblanadi. 2020/21 yilgi mavsum oldidan 24 yoshli rossiyalik kataloniyaliklarning ilk yangi o'yinchisigi aylanishi aytilmoqda. Kelishuv esa 20 mln evrodan kamroq bo'lishi kutilmoqda.

Alekseyning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. U joriy mavsum klub safida 24ta o'yin o'tkazdi va 9+5 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Don Balon