"Barselona" PSJ himoyachisi uchun kurashadi

Alisher
18 yanv 2022
PSJ himoyachisi Leven Kyurzava La Ligaga yo'l olishi mumkin.

29 yoshli o'yinchining nomzodini "Barselona" ko'rib chiqmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Levenni Xordi Alba uchun o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

"Barsa" Kyurzava uchun "Chelsi" va "Inter" bilan kurash olib borishi kerak.

Himoyachi Parij jamoasida 2015 yildan beri o'ynaydi. Leven joriy mavsum Fransiya chempionati doirasida o'ynamadi.


AlisherMuallif
Manba: El Nacional