"Barselona" prezidentiga Xavining uslubi yoqmayapti

Aslanov Jasurbek
16 dek 2023, 19:44
Joan Laporta Xavining bazi ish uslublaridan mamnun emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" prezidentiga murabbiyning "Portu" (2:1) va "Atletiko"ga (1:0) qarshi bahslardan so'ng bergan ikki kunlik tatili va yigitlarni kartingga olib borish qarori yoqmadi.

O'tgan haftada, 7 dekabr kuni, Xavi jamoani kartingga olib bordi. Murabbiylar bu yo'l bilan futbolchilar o'rtasidagi ishonchni oshirishga harakat qilishadi.

3 kun o'tib "Barselona" "Jirona"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

Keyingi kun "Barselona" "Antverpen"ga qarshi o'yin uchun qaydnoma e'lon qildi va unda Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan hamda Ronald Arauxolar yo'q edi. Vaziyatga Laporta va Deku aralashganidan so'ng, Xavi qaydnomani o'zgartirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, karting g'oyasi aynan Xavidan chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: OK Diario