

"Umuman olganda, bu yozda yangi xaridlar bo'lmaydi. Bizda yaxshi tarkib bor va murabbiy [Xans-Diter Flik] asosiy tarkibni zaxiradagi futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi, shuning uchun hozircha yangi bitimlarni kutmayapmiz", - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "ko'k-anorranglilar" "Manchester Yunayted"dan 27 yoshli angliyalik vingeri Markus Rashfordni, "Espanol"dan 24 yoshli ispaniyalik darvozabon Joan Garsiyani 25 mln evroga, "Kopengagen"dan 19 yoshli shvetsiyalik vinger Runi Bardjini 2,5 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan edi.



