"Barselona" posboni tez orada Portugaliya klubiga o'tadi

Aslanov Jasurbek
11 may 2019
"Barselona" darvozaboni Yasper Sillessen faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Gollandiyalik posbonga "Benfika" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar tez orada og'zaki kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Kataloniya klubining ikkinchi raqamli posboni o'yin amaliyoti kamligi tufayli Portugaliya klubining taklifini qabul qilishi mumkin. Ayni damda gollandiyalikka jiddiy qiziqayotgan yagona klub "Benfika" bo'lib turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport