"Barselona" Patrik Xerrmannga qiziqmoqda
Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 11:28
AS nashrining xabariga ko'ra, "Barselona" klubi skautlari Menxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Patrik Xerrmanni kuzatishmoqda.
Klubi bilan 2015 yilga qadar shartnomasi mavjud bo'lgan yosh futbolchi bir qator grandlarning qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Kataloniya klubi uni yanvar oyidayoq sotib olishga urinishi mumkin.