"Barselona" o'ziga Segundadan himoyachi topdi

Alisher
23 dek 2021
"Barselona" "Saragosa" himoyachisi Alexandro Fransesga qiziqmoqda.

Kataloniyaliklar ko'p mablag' to'lashga to'g'ri kelmaydigan o'yinchilar izlashmoqda.

Franses - "ko'k-anorranglilar"ning transfer maqsadlaridan biri. "Barsa" rahbariyati o'yinchining vaziyatini kuzatmoqda.

19 yoshli futbolchi joriy mavsum jamoasi libosida Segunda doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Fransesning "Saragosa" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport