"Barselona" "Ovedo"ni ayab o'tirmadi va La Liga peshqadamiga aylandi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026, 22:18
Ispaniya La Ligasining 21-turi doirasida "Barselona" o'z maydonida autsayder "Ovedo"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Spotifay Kamp Nou"da kechgan bahsning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Biroq ikkinchi bo'limda kataloniyaliklar raqib darvozasiga yo'l topa olishdi. 52-daqiqada Dani Olmo hisobni ochgan bo'lsa, oradan besh daqiqa o'tib Rafinya oradagi farqni oshirdi. 74-daqiqada esa stadiondagi barchani lol qoldirgan gol urildi: Lamin Yamal to'pni havoda o'ziga moslab, "qaychi" uslubida raqib darvozasini ishg'ol qildi va yakuniy hisobni o'rnatdi.





Ushbu g'alabadan so'ng "Barselona" 52 ochko jamg'arib, "Real"ni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida peshqadam bo'lib oldi. "Ovedo" esa 13 ochko bilan so'nggi, 20-pog'onada qolmoqda.

Navbatdagi turda Xansi Flik shogirdlari 31 yanvar kuni safarda "Elche" mehmoni bo'lishadi. "Ovedo" esa shu kuni o'z uyida "Jirona"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia