“Barselona” “otmen”. Arteta Londonda qoladi

Khoja
29 yanv 2024, 10:56
“Arsenal” ustozi Mikel Arteta Londonni tark etish niyatida emas.

Sky Sport nashrining ma'lum qilishicha, Artetaga “Arsenal”dagi sharoit qoniqtirmoqda va u yaqin orada “to'pchilar” bilan xayrlashmaydi.

Avvalroq, “Barselona” Xavining o'rniga aynan “Arsenal” ustozini olib kelmoqchi ekanligi haqida xabar tarqalgandi.

Arteta “Arsenal” bilan to'rt yil ichida uchta sovrin yutishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sky sports