Barselona Niko Uilyamsdan quruq qolishi mumkin

Khoja
25 iyul 2024
Barselona yoz davomida Niko Uilyams bilan shartnoma tuzish uchun pul izlayotgan vaqtda PSJ futbolchi uchun kurashga qo'shildi.

 Fransiya klubi allaqachon futbolchining vakillari va Atletik rahbariyatiga aloqaga chiqishdi. Parijliklar hujumkor yarim himoyachining shartnomasida belgilangan 60 million evroni to'lashga tayyor ekanligini va futbolchiga Barselonadan ko'ra ko'proq maosh berishlarini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Barselona Niko Uilyams transferi uchun bankdan kredit olishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com