"Barselona" Niko Uilyams transferi o'xshamasa, kimni sotib olishi ma'lum

Administrator
4 iyul 2024, 00:55
Kataloniya klubi tarkibga yana bir Arauxo ismli futbolchini jalb qilmoqchi.

"Barselona" klubining agarda Niko Uilyamsni sotib olish imkoni bo'lmasa, kimni jamoaga jalb qilishi ma'lum. 

El Chiringuito TV jurnalisti Markos Benitoning ma'lum qilishicha, "Barsa" Urugvay termasi vingeri Maksimiliano Arauxoga qiziqib qolgan. 24 yoshli futbolchi Meksikaning "Toluka" klubi o'yinchisi hisoblanadi. Arauxoning shartnomasida 20 mln evro tovon puli ko'zda tutilgan. 

Qo'shimcha qilinishicha, "Barsa" sport direktori Deku Kopa Amerikada aynan Maksimiliano Arauxoni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Arauxo 2023-2024 yilgi mavsum Meksika chempionatida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.


AdministratorMuallif
Manba: El Chiringuito TV