"Barselona" Neymardan birinchi qadamni talab qildi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2018, 14:56
PSJ hujumchisi Neymar Fransiyada o'zini baxtli his qilmayapti va tez orada "Barselona"ga qaytishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchining fikricha, uning Kataloniya klubiga qaytishi kelajakdagi faoliyati uchun to'g'ri qaror bo'ladi.

"Barselona"dagilar Neymarni qaytarishga tayyor, ammo ular futbolchidan birinchi qadamni talab qilishmoqda. Kataloniya klubidagilar futbolchidan jamoani noto'g'ri yo'l bilan tark etgani haqida ommaga aytishini so'rashmoqda. Agar braziliyalik ko'k-anorranglilar safiga qaytsa, klubda PSJdagidan ancha kam maosh olishiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, 2013-2017 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan Neymar o'tgan yilning yozida 222 mln evro evaziga PSJga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com