"Barselona" Neymar uchun 200 mln. evrodan ortiq to'lamaydi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2019, 20:52
"Barselona" PSJ forvardi Neymarni qo'lga kiritishga shoshmaydi.

"Kamp Nou"dagilarning fikricha, ayni damda vaqt ular foydasiga ishlamoqda. Kataloniya klubidagilar futbolchi mavsumoldi yig'inga qo'shilishi uchun kelasi dushanbagacha kutishmoqchi. Agar braziliyalik o'z vaqtida klubga safiga qo'shilmasa, uning transfer narxi pasayadi, PSJ esa muammoli o'yinchini o'zida saqlab qolmaydi.

Har qanday holatda ham Ispaniya chempioni Neymar uchun 200 mln. evrodan ortiq pul to'lamoqchi emas. Kataloniya klubi rahbariyatidagilarning fikricha, 2017 yilning yozidan so'ng braziliyalikning narxi pasaygan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca