"Barselona" muxlislarining Parijdagi xatti-harakati uchun jarimaga tortildi

Sherzod Nurmatov
19 apr 2024
Kataloniyaliklar 32 ming evro to'lashadi.

Kataloniyalik muxlislar Chempionlar Ligasi doirasidagi Fransiyaning PSJ klubiga qarshi o'yin vaqtida Parijda nomaqbul harakatlarni amalga oshirganliklari uchun "Barselona" jarimaga tortildi, deya xabar tarqatdi "RMC Sport".

Ma'lum qilinishicha, kataloniyaliklar 32 ming evro jarima to'lashadi – petarda va tutunli kubiksimon portlatgich ishlatilgani uchun 2 ming, vandalizm uchun 5 ming va avtoturargohdagi irqchilik holatlari uchun 25 ming.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" joriy mavsum PSJga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport