"Barselona" muxlislari uchun yaxshi yangilik

Aslanov Jasurbek
22 fev 2017, 14:16
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich klub rahbariyati bilan shartnoma uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Xorvatiyalik futbolchi 2021 yilning yozigacha belgilangan yangi bitim imzolashga rozi bo'ldi. Tomonlar o'tgan yilning oxirida muzokaralarni boshlashgan edi va 2 oy o'tib kelishuvga erishishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yaqin haftalar ichida "Barselona" yangi bitim borasida e'lon qiladi.

Rakitichning amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.es