Barselona Montoyya bilan shartnomasini uzaytiradi

Aziz Tukhtamuradov
27 mar 2014
Barselona yaqin orada himoyachi Martin Montoyya bilan yangi shartnoma tuzishini e'lon qildi.

Juma kuni ko'k-anorranglilar 22 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2018 yilning 30 iyunigacha uzaytirishadi.

Montoyyaning  transfer narhi 20 million etib belgilanadi, deya xabar bemoqda klub rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, futbolchining jamoa bilan shartnomasi shu mavsumda yakuniga yetishi kerak edi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru