"Barselona" Messi bilan shartnomani uzaytirishni o'ylamoqda

Eldor Akmurzayev
23 iyul 2019, 00:45
ESPN'ning bergan ma'lumotiga ko'ra, Barselona klub afsonasi Lionel Messi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.

32 yoshli forvardning kataloniyaliklar bilan kelishuvi 2021 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, klub rahbariyati uni yana 2 yilga (2023) cho'zmoqchi. Qayd etilishicha, mutasaddilar Messini u kamida 36 yoshga to'lgunicha jamoada olib qolish rejalashtirishmoqda.

Leo o'tgan mavsum LaLiganing 34 bahsida qatnashib, 36+13 ko'rsatkichni qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN