

La Liganing 27-turida "Barselona" "Atletiko"ga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol Messi nomiga yozildi.
Ushbu gol “Barselona” uchun mavsumdagi 100-gol bo'ldi. Gollarning 67tasi La Ligada, 19tasi Ispaniya kubogida, 1tasi mamlakat superkubogida, 7tasi YCHLda, 6tasi esa Xalqaro chempionlar kubogida kiritilgan.
Jamoa to'purari Lionel Messi esa ushbu mavsumdagi 33-golini urishga erishdi.



