"Barselona" Markus Tyuramni o'rganib chiqmoqda

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi futbolchisi Markus Tyuram faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishi mumkin.

Fransiyalik futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum so'ngida yakun topishi tufayli u yozgi transferlar oynasi oldidan uni o'z safida ko'rishni istaydigan klublar bilan gaplashib ko'rishga tayyor. "Ko'k-anorranglilar" esa moliyaviy holatlari tufayli ayni shunday vaziyatda bo'lgan futbolchilarga e'tibor qaratmoqda. 

Klubning skautlar bo'limi tomonidan rahbariyatga Fransiya terma jamoasi vakili haqida ijobiy hisobot berilgani aytilmoqda.

Markus Tyuram joriy mavsum Bundesligada 15 ta o'yinda 10 ta va Germaniya Kubogi doirasida 2 ta o'yinda 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo