"Barselona" "Manchester Siti"ga Silvaning ijarasi bo'yicha taklif berdi, "Siti" javob qaytardi

Aziz Tukhtamuradov
7 avg 2023, 08:23
"Barselona" Bernardu Silva borasida "Manchester Siti"ga taklif bilan chiqdi.

Kataloniyaliklar futbolchini keyinchalik 50 million funtga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchilar. "Shaharliklar" esa bunga javoban futbolchi sotilmasligini ma'lum qilishgan. 

O'z navbatida, "Barselona" futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olish uchun harakatlarni davom ettirmoqda. Silvaning o'zi ham "Barselona"ga o'tish istagida. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundo Deportivo