"Barselona" "Manchester Siti" xavbekini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Alisher
27 fev 2020, 10:44
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Kataloniyaliklar 25 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun shartnoma imzolashda, "shaharliklar"ning keyingi ikki mavsum evrokuboklarda ishtirok etmasligidan foydalanib qolmoqchi.

Xabar berilishicha, agar "Siti" taqiqni bekor qila olmasa, xavbekning transferi "ko'k-anorranglilar" uchun 100 million evrodan qimmatga tushmaydi.

Silva joriy mavsum APLda 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal