"Barselona" "Manchester Siti" o'yinchisini nishonga oldi

Alisher
31 dek 2021, 12:44
"Manchester Siti" himoyachisi Emerik Laport Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchiga "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda.

Agar transfer amalga oshsa, bu bir yilda "shaharliklar"ning "ko'k-anorranglilar"ga o'tgan to'rtinchi o'yinchisi bo'ladi. Bunga qadar "Kamp Nou"ga Serxio Aguero, Erik Garsiya va Ferran Torres yo'l olgan edi.

Laport "Siti"ga 2018 yilda "Atletik"dan o'tgan edi. Uning hozirgi narxi 45 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun