

Kataloniya matbuoti xabariga ko'ra, klub sport direktori Mateu Alemani ayni damda Manchestyerda bo'lib turibdi va u "Siti" bilan Torresning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchining o'zi ham "Barsa"ga o'tishni xohlamoqda. Katta ehtimol bilan klub uni sotib olish sharti bilan ijaraga oladi.
Ferran bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga jamoadan ketishni istayotganini aytib o'tgan. Mutaxassis esa uning istagini yerda qoldirmagan.
Transfer qishda amalga oshishi kutilmoqda.



