"Barselona" Malkomning narxini ma'lum qildi

24 apr 2019, 21:11
Yarim himoyachi Malkom mavsum yakunida "Barselona"ni tark etishi mumkin.

Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda. Kataloniyaliklar 22 yoshli xavbekni sotishga tayyor. Agar sotib olmoqchi bo'lgan jamoa 41 mln. evro to'lasa, Malkomni qo'yib yuboradi, deyiladi klub rasmiy saytida. "Barselona" braziliyalik futbolchini aynan 41 million evro evaziga Fransiyaning "Bordo" klubidan xarid qilgan edi. 

Malkom yozda jamoasini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Uning agenti allaqachaon futbolchining xizmatini Yevropa klublariga taklif qilgan. Hozircha 22 yoshli yarim himoyachiga "Arsenal", "Roma", "Inter", "Milan", "Tottenxem" va "Everton" kabi jamoalar va Xitoy klubidan qiziqish bo'lmoqda.  Ma'lumot uchun, Malkom joriy mavsum 12 o'yinda 1 ta gol urdi va 2 marta golli pas muallifiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN