"Barselona" Luis Dias uchun "Liverpul"ga qancha to'lamoqchi?

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2025, 19:51
"Barselona" "Liverpul" vingeri Luis Dias transferi uchun ortiqcha mablag' sarflamoqchi emas.

Kolumbiyalik futbolchi "ko'k-anorlilar"ning chap qanot hujumi uchun asosiy maqsadi hisoblanadi. 

"Diario Sport" nashrining yozishicha, "Barselona" Dias uchun 60 million evrodan ortiq to'lamaydi. Kataloniya klubi o'yinchining yoshini (28 yosh) hisobga olgan holda, bu narxni adolatli deb hisoblayapti. "Liverpul" esa hamon 80 million evro talab qilmoqda.

Luis Dias hozirgi shartnomasi bo'yicha "Liverpul"da yiliga taxminan 3,5 million evro maosh oladi va agar "qizillar" bilan kelishuvga erishilsa, "Barselona" futbolchiga yanada qulay shartlarni muammosiz taklif qila oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport