“Barselona” Levandovski bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Eldor Akmurzayev
27 mar 2022, 10:00
Avvalroq, “Barselona” “Bavariya” forvardi Robert Levandovskining transferiga 60 mln sarflashga tayyorligi aytilgandi.

Polshalik hujumchi “ko'kanorranglilar” safiga o'tishga rozilik berdi. “Barsa” endi myunxenliklarning javobini kutmoqda. Agar taklif qilinayotgan summa “Bavariya”ni qanoatlantirmasa, kataloniyaliklar mablag'ni oshirishga ham tayyorligi aytilmoqda.

Levandovskining jamoasi bilan amaldagi kelishuvi 2023 yil yozigacha mo'ljallangan. U joriy mavsum Bundesligada 27 o'yinda qatnashib, 31+1 natija ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru