Barselona Levandovskining o'rniga Liverpul yulduzini olib kelmoqchi

Khoja
6 may 2024, 09:02
Barselona yozda Robert Levandovski bilan xayrlashishni maqsad qilgan.

Uning o'rniga esa Liverpul hujumchisi Darvin Nunes bilan shartnoma tuzishni reja qilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, Kataloniya klubining yozdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri aynan Darvin Nunes bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Darvin Nunes joriy mavsum barcha musobaqalarda 18 ta gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning transfer narxi 70 millionga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com