"Barselona" Langleni "Aston Villa"ga ijaraga beradi. Ingliz klubi himoyachining maoshini to'laydi

Administrator
30 avg 2023, 20:22
Langlening maoshi juda yuqori hisoblanadi.

"Barselona" himoyachi Kleman Langleni "Aston Villa"ga ijaraga beradi. Himoyachi bugun Angliyada tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Shundan so'ng shartnoma imzolanadi.

Qayd etish joizki, "Aston Villa" Langlening maoshini o'z bo'yniga oladi. Klemanning yillik maoshi 16 mln evroni tashkil qiladi. 

Ma'lumot uchun, "Barselona" Kleman Langleni 2018 yilda o'z tarkibiga qo'shib olgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: AS