Barselona Koutinoni ham, Di Mariyani ham sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2017, 08:19
Barselona transfer bozori tugaguniga qadar ikki futbolchini xarid qilmoqchi.

Kataloniyaliklar faqat Liverpul yarim himoyachisi Filippe Koutinoni emas, PSJdan Anxel Di Mariyani ham sotib olishmoqchi. Oldinroq Barselona ulardan birini xarid qilishi haqida xabarlar chiqqandi.

Liverpul Koutino borasidagi 130 million evrolik taklifni rad qildi, PSJ esa Di Mariyani 35 mlnga sotmadi.

Oldinroq Barselona Borussiyadan Usmon Dembeleni o'z safiga (105 mln va bonuslar) qo'shib olgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com