"Barselona": "Klub korrupsiyaga oid har qanday ayblovlarni rad etadi"

Narzulla Saydullayev
10 apr 2020, 20:57
"Barselona" matbuot xizmati klubning sobiq vice-prezidenti Emili Rusoning tanqidlaridan keyin bayonot berdi.

Ruso avvalroq klubda korrupsiya muammosi borligi haqida gapirgandi.

"Klubning sobiq vice prezidenti Emili Rusoning OAVga bergan intervyusida jiddiy va asossiz ayblovlarni keltirganini inobatga olgan holda, "Barselona" korrupsiya alomatlariga ega bo'lgan har qanday harakatlarni rad qiladi va shu sababli sud choralarini ko'rish huquqini o'zida saqlab qoladi", – deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com