"Barselona" ketma-ket 23 "El-Klassiko"da gol urib, "Real" rekordini yangiladi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2017, 10:56
"Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi LaLiganing 33-tur uchrashuvida yangi rekord qayd etildi.

Ko'k-anorranglilar mezbonlar darvozasiga 3 ta gol urishdi, o'zlari esa 2 ta gol qo'yib yuborishdi. Shunday qilib, kataloniyaliklar ketma ket 23 "El-Klassiko"da gol urishdi va "Qirollik klubi"ning 48 yil avval o'rnatgan rekordini (22 ta o'yin) yangiladi.

"Barselona" so'nggi marotaba 2007 yil 23 dekabrda "Real"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, gol ura olmagan edi.

LaLiga turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com