"Barselona" Kante haqidagi mish-mishlarni rad etdi

19 dek 2019, 02:10
Kataloniya klubi fransiyalik futbolchi uchun "Real" va "Yuventus" klublari bilan kurashmoqchi emas.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Barselona"  Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante uchun kurashga kirishmoqchi emas. "Ko'k-anorranglilar" fransiyalik futbolchi borasidagi barcha mish-mishlarni rad etdi. Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona"ning o'rniga "Yuventus" Kante uchun kurashga qo'shilgan, turinliklar francuz "Real" tarkibiga qo'shilishining oldini olishmoqchi.

Ma'lumot uchun, APLning joriy mavsumida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi o'z nomiga 3 ta gol yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo