"Barselona" iyungacha Buskets va Neymar bilan shartnomani uzaytirmaydi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2016, 16:41
"Barselona" rahbariyati va murabbiylar shtabi yarim himoyachi Serxio Buskets bilan iyun oyigacha shartnoma uzaytirmaslikka qaror qildi.

Bu qaror hujumchi Neymarga ham tegishli.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchilarning e'tiborini boshqa joyga burmoqchi emas. "Barselona" o'zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g'olib chiqish niyatida.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es