"Barselona" himoyachisi operaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2024
Futbolchi yaqin orada jamoaga yordam bera olmaydi.

"Barselona" himoyachisi Markos Alonso belidagi muammolar tufayli operaciya qilindi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

"Ko'k-anorranglilar" futbolchining qaytish muddatini ko'rsatmadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, uning tiklanishi uchun taxminan 2 oy vaqt kerak bo'ladi.

Alonso "Barselona"dagi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. 33 yoshli fulbek joriy mavsum barcha musobaqalarda 7 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com