"Barselona" himoyachisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
17 dek 2018, 20:10
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen LaLiganing 16-turi doirasida "Levante"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Belgiyalik futbolchi uchrashuvning 52-daqiqasida jarohatlangani sababli almashtirildi.

Tibbiy tekshiruv hulosalariga ko'ra, Vermalenning to'pig'i jiddiy jarohatlangan. Uning tiklanishiga taxminan 4 hafta ketadi.

Bu mavsumda 33 yoshli futbolchi atigi 6 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports