"Barselona" Gyundoganni kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
28 noya 2022
Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ilkay Gyundoganni tarkibga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.

Xavi Jahon chempionati doirasida yakshanba oqshomida bo'lib o'tgan Ispaniya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi daxshatli to'qnashuvda "Manchester Siti" a'zosi Ilkay Gyundoganning "Barsa" vakillari Serxio Buskets, Gavi va Pedriga qarshi harakatlarini kuzatib bordi. 

Germaniyalik futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakun topadi. 

32 yoshli futbolchi Pep Gvardiola jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri bo'lib qolmoqda. U mavsum boshidan beri shu paytga qadar 26 ta o'yinda ishtirok etdi. 

Gyundogan hozircha kelajagi borasida aniq bir qarorga kelgani yo'q.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo