"Barselona" Gerreyru bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2023, 12:12
"Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Rafael Gerreyru uchun kurashga kirishdi.

29 yoshli portugaliyalik yozda dortmundliklar bilan shartnomasi tugashi sababli erkin agentga aylanadi.

Germaniyadagi 7 muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng portugaliyalik futbolchi o'z faoliyatida yangi chaqiriqni qabul qilmoqchi va barcha mavjud variantlarni o'rganishga tayyor.

Oldinroq Gerreyruga "Bavariya"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes