"Barselona" Fati kelajagi borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023, 12:20
Kataloniyaliklar qaror qabul qilishdi.

"Barselona" vinger Ansu Fatini "Brayton"dagi ijaradan keyin jamoada qolishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Kataloniyaliklar futbolchini keyingi yozda sotmoqchi yoki uni boshqa o'yinchiga almashtirmoqchi. Klub ispaniyalik futbolchini asosiy tarkibdan joy olish uchun kurasha olmaydi deb hisoblamoqda.

"Ko'k-anorranglilar" Fati "Brayton"da yaxshi o'ynashiga va o'z transfer qiymatini oshirishiga umid qilmoqda. 20 yoshli vinger "chaykalar" safida 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es