"Barselona" YCHL finalida o'zining ananaviy libosida harakat qiladi

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2015, 20:01
"Barselona" "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi final o'yinida ko'k-anorrangli libosida harakat qiladi.
Bu haqida kataloniyaliklar klubi rasmiy sayti xabar qilmoqda.

Ta'kidlab o'tish lozimki, ushbu o'yinda turinliklar nominal mezbon hisoblanadilar.

Eslatib o'tamiz, final o'yini 6 iyun kuni Berlinda bo'lib o'tadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net