"Barselona" Dibalani 120 million evroga sotib olishi mumkin
Tolibjon Qosimov
22 iyul 2017, 19:43
"Mundo Deportivo"ning ma'lum qilishicha, Paulo Dibala 120 million evro evaziga "Barselona" tarkibida paydo bo'lishi mumkin.
Bu futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasida keltirilgan tovon puli. Eslatib o'tamiz, argentinalikning "keksa sinoralar" bilan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi.