"Barselona" Dembelening transfer narxini belgilab oldi

Mirjalol Normatov
19 noya 2018
"Barselona" o'z vingeri Usmon Dembele bilan xayrlashmoqchi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 21 yoshli futbolchini 100 mln evroga ham sotib yuborishga tayyor bo'lib turishibdi. Biroq hozirda ushbu narx to'laydigan xaridor topilmayapti.

Bu mavsumda fransiyalik futbolchi "Barselona" tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi. Kataloniyaliklar uni 115 mln evroga transfer qilishgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es