"Barselona" Dembelega qatiy shart qo'ydi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2021, 19:28
"Barselona" vingeri Usmon Dembelening kelajagi noma'lum bo'lib turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar rahbariyati futbolchiga qatiy shart qo'yishdi: u yo shartnoma muddatini uzaytiradi, yo kelishuv nihoyasiga etguncha zaxirada o'tiradi.

Oldinroq "Barsa" fransiyalik futbolchini ushbu yozda sotishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Ammo u Evro-2020'da jarohat olgan bois bu ancha qiyinlashdi.

Debmelening shartnomasi keyingi yozda poyoniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo