“Barselona” David Luisning transferini yanvarda ko'rib chiqmoqchi

6 noya 2018, 20:22
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi David Luis qishki transfer oynasi vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin.

Mundo Deportivoning xabariga ko'ra, himoyachiga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda “Barselona” himoya chizig'ida jiddiy yo'qotishlar yuzaga kelgan. Markaziy himoyachilar Samuel Yumtiti va Tomas Vermalen jarohat olishgan.

David Luisning londonliklar bilan kelishuvi keyingi yilnig yozida nihoyasiga etadi va u aristokratlar bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas. “Barselona” esa yozda erkin agent sifatida klubini tark etadigan futbolchini  yanvardayoq futbolchini o'z safiga jalb etmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo