"Barselona" "Chelsi"ga qarshi so'nggi 10ta o'yinda faqat bir marta g'alaba qozongan

Aslanov Jasurbek
26 noya 2025, 11:36
"Chelsi" "Barselona" uchun qiyin raqibga aylanib qolgan.

"Barselona" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida mehmonda "Chelsi"ga yutqazdi (0:3).

Jamoalar o'rtasidagi oxirgi 10 o'yinda "Barselona" faqat bir marta g'alaba qozongan (2017/18 yilgi mavsum 1/8 finalida 3:0). Uch bellashuv londonliklar foydasiga yakunlangan, qolgan oltitasi esa durang bilan tugagan.

Bugungi g'alaba "Chelsi"ning "blaugrana"ga qarshi o'yinlar tarixidagi eng yirigi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfermarkt