

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" tajribali yarim himoyachisi Serxio Busketsning joriy mavsum oxirida hozirgi klubi bilan bitimi nihoyasiga etadi.
Jamoa ustozi Xavi Ernandes 34 yoshli futbolchini yana bir yilga "Kamp Nou"da saqlab qoladigan yangi kelishuvga erishish niyatida. Agar u yaqinda boshlanadigan muzokaralar yakunida ham klubni tark etishda qatiy tursa, uning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan nomzodlarga e'tibor qaratiladi.
"Real Sosedad" yarim himoya chizig'i vakili Martin Subimendi "ko'k-anorranglilar"ning hozirgi paytdagi eng asosiy nishoni bo'lib turibdi.



