"Barselona" bu mavsumdagi 13 ta o'yindan beri umuman yutqazmayapti

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2023, 09:21
"Barselona" kecha YCHL 3-turi doirasida "Shaxtyor"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu g'alaba orqali kataloniyaliklar mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishdi. Jamoa ushbu mavsumda umumiy hisobda 13 ta rasmiy o'yin o'tkazdi va ularda umuman yutqazmadi - 10 ta g'alaba va 3 ta durang. To'plar nisbati - 30:11 ni tashkil etmoqda.

Jamoa navbatdagi o'yinni 28 oktyabr kuni La Liga doirasida o'z maydonida "Real"ga qarshi o'ynaydi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta