

Futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
"Diario Sport" jurnalistlarining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" Kaykining joriy mavsumdagi o'yinlarini kuzatib borishmoqda. Ehtimol, yaqin orada tomonlar futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib borishadi.
18 yoshli markaziy himoyachining "Almeriya" bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi 8 million evroga baholangan.



