"Barselona" bosh murabbiy so'ragan futbolchini sotib olmaydi

Tolibjon Qosimov
9 avg 2017, 20:57
"Real Sosedad" himoyachisi Inigo Martinesning "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq jarayon davom etmoqda.

Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde shartnomasida tovon puli sifatida 32 million evro ko'rsatilgan Martinesning sotib olinishini talab qilmoqda. Murabbiyning fikricha, Martinesga alternativ o'yinchi yo'q va faqat uni sotib olish lozim.

Lekin, "Barsa" rahbariyati Martinesni sotib olmoqchi emas. Ular markaziy himoya chizig'i kamida yanvargacha kuchaytirishga muhtoj emas deb hisoblashmoqda. Katta ehtimol bilan transfer amalga oshmaydi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-english.com