

Belgiyalik futbolchining "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar oktyabr oyida faol yoritilgandi. "Sport" nashrining yozishicha, kataloniyaliklarning qiziqishi hozir ham ancha jiddiy. Tilemansning o'yini "ko'k-anorranglilar" skautlarida katta taassurot qoldirdi, shuning uchun transfer ehtimoli yuqori.
25 yoshli futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi ham davogarlik qilmoqda.
Yuri Tilemansning "Lester" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida tugaydi va bu unga mavsum oxirida klubni erkin agent sifatida tark etish imkonini beradi. Transfermarkt xavbekning transfer qiymatini 40 million evroga baholayapti.



