"Barselona" "Beko" bilan yangi shartnomadan 57 mln evro ishlab oladi

Tolibjon Qosimov
7 fev 2018, 19:36
"Barselona" Turkiyaning "Beko" kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirish borasida kelishuvga erishdi.

Tomonlar uch yilga mo'ljallangan hamkorlik borasida kelishuvga imzo qo'yishdi. Kelishuv shartlariga ko'ra, Kataloniya klubi 57 million evro ishlab oladi.

"Beko" hozir ham "Barselona" homiysi hisoblanadi. Kompaniya logotipi jamoaning asosiy formasi engiga va mashg'ulot liboslarining beliga tushirilgan.


Endi turk kompaniyasi tasviri mashg'ulot libosining old tomonidan joy oladi. Bu haqda rasman tez orada e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com